O‘zbekiston jurnalistikasi og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
28 iyul 2021
9539O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, jurnalist Boybo‘ta Do‘stqorayev 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.
Boybo‘ta Do‘stqorayev 1942 yil 12 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi "Oqto‘nli" qishlog‘ida tug‘ilgan.
Boybo‘ta Do‘stqorayev umrining asosiy qismini jurnalist kadrlar tayyorlashga bag‘ishlagan. ToshDU (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetida 1969 yildan ish boshlagan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining "Jahon jurnalistikasi nazariyasi, amaliyoti va tarixi" kafedrasining mudiri sifatida ishlagan.
2002 yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" unvoni bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi