O‘zbekiston Jahon xayriya indeksida keskin ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston  Jahon xayriya indeksida 114 ta davlat orasida 53-o‘rindan 29-o‘ringa yuqoriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida o‘tkazilgan Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi muhokama qilingan.

“S&P Global Ratings” tomonidan yuritiladigan suveren kredit reytingida mamlakat o‘sish qayd etgan. Bundan tashqari, Parlamentlararo ittifoq tomonidan yuritiladigan Siyosatdagi ayollar jahon reytingining parlamentdagi ayollar qismida O‘zbekiston 130-o‘rindan 45-o‘ringa ko‘tarilgan.

Shuningdek, Jahon xayriya indeksida 114 ta davlat orasida 53-o‘rindan 29-o‘ringa yuqorilagani ma’lum bo‘lgan. Shu bilan birga, yig‘ilishda Jahon iqtisodiy forumining global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekistonning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing