O‘zbekiston yil boshidan beri qancha oltin sotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston
−
21 Iyul 2020 17664 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 2 mlrd 124,6 mln dollarlik oltin eksport qildi. Oltin O‘zbekistonning eng eksportbop mahsuloti bo‘lib turibdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘tgan 6 oy davomida jami 6 mlrd 285,4 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning analogik davriga nisbatan 22,6 foizga kam.
Oltin sotish jami eksportning 33,8 foiziga teng. Taqqoslash uchun, avvalgi ikki yilda uning ulushi 26 foizdan oshmagan.
Shuningdek, 1 mlrd 175,2 mln dollarlik sanoat mahsulotlari va 1 mlrd 12,3 mln dollarlik xizmatlar eksport qilingan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr