O‘zbekiston Yevropaga Litva orqali chiqmoqchi

Jamiyat

image

Polsha tomonidan Belarus-Polsha chegarasi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishiga taqiq joriy qilinganidan keyin O‘zbekiston hukumati o‘z yuk mashinalarining Litva hududi orqali tranzitini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Hozirda O‘zbekiston milliy tashuvchilarining yuk mashinalarini Litva chegara punktlari orqali to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 fevralidan boshlab Polsha Ichki ishlar vazirligi Belarus-Polsha chegarasidagi “Kukuriki – Kozlovichi” o‘tish joyi orqali yuk mashinalarining harakatlanishini taqiqlagan. Taqiq Polsha va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalariga taalluqli emas.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing