“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi
Jamiyat
−
14:47 665 1 daqiqa
O‘zbekistonda yoshlarga maxsus ball beriladigan “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 iyun kuni yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi va yoshlar o‘z natijasini platformaga kiritadi. Bu ma’lumotlar vazirliklar tomonidan o‘rganiladi va yoshlarga ball beriladi.
Yuqori ball to‘plagan o‘g‘il-qizlarga ta’limda grant, kontraktga chegirma, “kasb vaucheri” beriladi, xorijda o‘qish puli qoplanadi. Tadbirkorlikda imtiyozli kredit olish, akselerator dasturida qatnashish imkoni yaratiladi. Ish joyida xorijiy stajirovka tashkil etiladi, davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasiga kiritiladi, uy-joy olishda imtiyozli ipoteka ajratiladi.
Yil yakunida eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar tantanali taqdirlanadi.
“Umuman, “O‘zbekiston yoshlar ligasi” barcha maktab va texnikum o‘quvchilari, o‘zimizda va xorijiy oliygohlarda o‘qiyotgan va ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan yigit-qizlarimiz, davlat va xususiy sektorda ishlayotgan yoshlarimiz, chet eldagi vatandoshlarimizning farzandlarini Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida birlashtiradigan umummilliy harakatga aylanadi”, dedi Prezidentimiz.
Live
Barchasi