O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisiga ikki o‘rinbosar saylandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisining birinchi o‘rinbosari va markaziy kengash raisining o‘rinbosari saylandi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shavkat Zayniddinovich Zayniddinov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengash raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Shavkat Zayniddinov 1983 yil 21 avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U bugungi kunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, markaziy kengash raisining o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Murodullayevich Olimov saylandi.

Sherzod Olimov 1988 yil 20 iyunda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing