O‘zbekiston YeOTB a’zosi bo‘lishga tayyorlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda kecha, 25 fevral kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.

“Hozirda O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqiyot bankiga qo‘shilishi jarayoni va shartlarini kelishish ishlari davom etmoqda”, deydi Bosh vazir.

Abdulla Aripovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning tegishli idoralari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi departamentlari o‘rtasida yaqin hamkorlik bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni muvofiqlashtirish ishlari yakunlanmoqda. 

“Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar ushbu hujjatning qabul qilinishini ma’qullashda qo‘llab-quvvatlashiga umid bildiramiz”, deydi u.

Ma’lumot o‘rnida, Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) — xalqaro moliya tashkiloti bo‘lib, unga a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ko‘maklashish, ularning savdo-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va investitsiya faoliyati orqali Yevroosiyo hududida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni vaqtda olti davlat ushbu bankning a’zosi hisoblanadi. Bular: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1597

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing