“Konets sveta”. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham “svet” o‘chdi

3-sahifa

image

Bugun, 25 yanvar kuni nafaqat O‘zbekistonda balki qo‘shni mamlakatlarda ham elektr energiyasi yo‘q. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi qator shaharlarda "svet" o‘chgan. 

Elektr energiyasi yo‘qligi qo‘shni mamlakatlarning Olma-ota, Chimkent, Taraz, Turkiston, O‘sh va Bishkek shaharlarida ham qayd etilgan. 

Ayni vaqtda O‘zbekistonda metropoliten faoliyati to‘xtatilgan. 

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, soat 11:00 da tizimda yirik nosozlik bo‘lgan. Mutaxassislar muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Qirg‘iziston OAV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘istonda kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlar Markaziy Osiyo birlashgan energotizimidagi “avariya” bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

940

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing