O‘zbekiston yog‘och importi hajmini kamaytiradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Yog‘ochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Respublikada yog‘ochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yog‘och importi hajmi kamaytiriladi.

Qarorga muvofiq, 2021–2022 yillarda Respublika hududlarida:

  • qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaxiradagi yerlarda;
  • o‘rmon fondining jami 1 327 gektar tog‘oldi va adir yerlarida yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa mebelbop daraxt turlari ekiladi.

Mazkur plantatsiyalarni tashkil etish uchun jami 2 783,6 ming dona ko‘chat yetishtirish nazarda tutilgan.   

2021 yil 10 martdan boshlab mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchilarga zarur ko‘chat ekish materiallari shartnoma asosida yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

777

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing