O‘zbekiston yangilangan FIFA reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida olti pog‘onaga yuqoriladi. 

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1306 ochko jamg‘argan holda 83-o‘rindan 77-o‘ringa ko‘tarilgan.

Reytingning kuchli uchligidan Braziliya, Belgiya va Argentina joy olgan. Xususan, birinchi o‘rin 1837 ochko jamg‘argan Braziliya terma jamoasiga, ikkinchi o‘rin 1821 ochko jamg‘argan Belgiyaga, uchinchi o‘rin esa 1770 ochkoga ega Argentinaga nasib qilgan.

Osiyo mintaqasidagi davlatlardan Eron terma jamoasi 1558 ochko bilan 23-o‘rinni, Yaponiya 1552 ochko bilan 24-o‘rinni va Janubiy Koreya terma jamoasi 1526 ochko bilan 28-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing