O‘zbekiston yana ikkita “Afrosiyob” poyezdi sotib oladi
Jamiyat
−
05 yanvar 2021
5256O‘zbekiston 2021 yil so‘nggiga qadar ikkita “Afrosiyob” tezyurar yo‘lovchi poyezdini sotib oladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, 2021 yilning dekabriga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi Talgo-250 rusumli yo‘lovchi elektr poyezdi hamda 4 ta “ekonom” toifali vagon xarid qiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2 ta elektr poyezdning har biri 13 ta vagondan iborat bo‘lib, ushbu loyihaning umumiy qiymati (4 ta “ekonom” toifali vagon bilan birgalikda) 65,0 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Mazkur qarorga muvofiq 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob’ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dasturda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ uchun jami investitsiyalar hajmi 696,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
LiveBarchasi