O‘zbekiston yana bir xalqaro hujjatni ratifikatsiya qildi
Jamiyat
−
06 iyun 2021 5172 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga ko‘maklashish asoslari to‘g‘risidagi 187-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Konvensiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar o‘limining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini takomillashtirishdan iborat.
Bugungi kunda 49 ta davlat Konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi. Mazkur Konvensiya 2006 yil 15 iyunda Jeneva shahrida qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Hukumati bilan Global yashil o‘sish instituti (GGGI) o‘rtasida GGGI’ning huquqiy maqomi hamda imtiyoz va immunitetlari to‘g‘risidagi bitim kuchga kirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr