O‘zbekiston yana bir davlat bilan muntazam qatnovlarni tikladi

Jamiyat

image

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Frankfurt – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar tiklanganligi haqida e’lon qildi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, qatnovlar 4 va 18 mart kunlari  quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
   
Toshkent-Frankfurt uchish – 06:15; qo‘nish – 09:05 
Frankfurt-Toshkent uchish – 11:05; qo‘nish – 21:20.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yilning 21 dekabridan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan kirish va chiqishga taqiq o‘rnatgandi. Taqiq dastlab 1 fevralgacha, keyin bahorgacha uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing