O‘zbekiston vakili ilk bor Yevropa xalqaro ayollar yetakchiligi mukofoti bilan taqdirlandi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2021
10898Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnoza Ismoilova European International Womenʻs Leadership Awards mukofotining 2021 yilgi sovrindori bo‘ldi. Mazkur mukofot bilan O‘zbekiston vakili ilk bora taqdirlandi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Forum davomida mukofotlar Germaniya (yashil texnologiyalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi), Mo‘g‘uliston (ayollarni ishga joylashtirishga qo‘shgan hissasi), Marokash (davlat sektorida ayollarning ishtirokini kengaytirishga qo‘shgan hissasi), Belgiya (zaif ayollarni himoya qilish hissasi), Falastin (ziddiyatlar sharoitida ayollarni himoya qilishga qo‘shgan hissasi), Kashmir (ayollar qadr-qimmatini himoya qilishga hissasi) va O‘zbekiston (gender tenglik va demokratik jarayonlar uchun) ayollariga topshirildi.
Yevropa Ittifoqi poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tgan mazkur taqdirlash marosimida Germaniya, AQSH, Isroil, Belgiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning vakillari ham ishtirok etdi.
“European International Womenʻs Leadership Awards taqdimoti jamiyatda va hayotda faolligi bilan minglab ayollarning ovoziga aylangan, ayollar haqidagi mavjud stereotiplarni o‘z faoliyati bilan o‘zgartirishga hissa qo‘shayotgan ayollar uchun e’tirofdir”, deya ta’kidlab o‘tildi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur taqdimot ilk bor 2019 yilda turli qit’alardan yig‘ilgan ayollar ishtirokida o‘tkazilgan. Shundan buyon Yevropa Ittifoqining mazkur mukofoti jahonning barcha davlatlaridan ishbilarmon, bilimli va faol ayollarni taqdirlash va ularni mehnatini dunyo hamjamiyatiga tanishtirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
LiveBarchasi