O‘zbekiston vakili Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Sport

image

Shu kunlarda Toshkentda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

"Musobaqalar yakunida janob Jianni O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovning Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini e’lon qildi.

Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan.

Shuningdek, G‘afurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylandi. 


Maqola muallifi

Teglar

vitse-prezidenti Laziz Hasanov

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar