O‘zbekiston va YeIK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi (YeK) o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, ujjat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga (Qozon shahri) Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etish uchun amalga oshirgan tashrifi doirasida imzolangan.

Hujjat kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekiston va YeK o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

“Memorandum, shuningdek, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi, transport, energetika, sanoat va agrosanoat majmuasi, intellektual mulk va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari kabi sohalarda axborot almashinuvini o‘z ichiga oladi”, deyiladi xabarda.

Memorandum xalqaro shartnoma hisoblanmaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi va YeKga moliyaviy va huquqiy majburiyatlarni yuklamaydi.

Memorandumning ushbu bandlarini samarali amalga oshirish uchun tomonlar maslahatlashuvlar va delegatsiyalar almashinuvini tashkil etishning aniq sanalarini o‘z ichiga olgan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasini qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing