O‘zbekiston va yana uch davlat xavfsizlik kuchlari xalqaro narkotarmoqni yo‘q qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston, Rossiya Qozog‘iston va Qirg‘izistonning xavfsizlik kuchlari sintetik giyohvand moddalarni sotish bo‘yicha xalqaro kanalni yo‘q qilib, ularning 8 ta narkotik laboratoriyasini tugatdi, 280 million rubllik tovarini musodara qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ma’lum qilgan. 

Vazirning qayd etilishicha, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Rossiya pochtasi” xavfsizlik bo‘limi bilan hamkorlikda operatsiya o‘tkazgan. 

Natijada Rossiya Federatsiyasi hududi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida sintetik giyohvandlik vositalarini katta miqyosda ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan transmilliy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

“Sakkizta yashirin narkotik laboratoriya tugatildi. 600 litr prekursor va 30 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi, bu taxminan 150 ming bir martalik dozani tashkil etadi. Dorining qora bozordagi umumiy narxi 280 million rubldan oshadi. Narkoguruhning tashkilotchi va a’zolari qo‘lga olindi, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deydi Kolokolsev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing