O‘zbekiston va unga qo‘shni davlatlar: qayerda koronavirusdan eng ko‘p odam o‘ldi?

Olam

image

O‘zbekiston joylashgan mintaqadagi mamlakatlarning koronavirus bo‘yicha bergan rasmiy ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Qozog‘iston koronavirusdan vafot etish va uni yuqtirib olish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Joriy yilning 29 mart holatiga ko‘ra, ushbu mamlakatda umumiy hisobda 3014 ta o‘lim va 241 873 ta koronavirus infeksiyani yuqtirib olish holati aniqlangan. 

O‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Afg‘onistonni qayd etish mumkin. Bu mamlakatda 2476 ta o‘lim va 56 384 ta virusni yuqtirib olish holati qayd etilgan.

Uchinchi o‘rinda esa Qirg‘iziston – 1497 nafar inson ushbu virusdan vafot etgan va 88 163 ta koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holati aniqlangan. 

O‘zbekistonda jami 626 nafar inson koronavirusdan vafot etgan hamda ushbu infeksiyani yuqtirib olgan 82 536 nafar bemor aniqlangan. 

Tojikistonda esa umimiy hisobda 90 ta o‘lim, shuningdek koronavirusni yuqtirib olish bo‘yicha 13 308 ta holat qayd etilgan.

Turkmanistonda esa rasman ushbu virus qayd etilmagan, biroq mamlakatda emlash jarayonlari uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan Markaziy Osiyo davlatlari ichida Turkmaniston Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazdi va joriy yilning fevral oyida emlash ishlarini boshlab yubordi. Bundan tashqari Respublikaga AQSHning Pfizer vaksinasi keltirilgan haqida ma’lumotlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

596

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing