O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarni ochish masalasini muhokama qiladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 sentyabr kuni ertalab deyarli barcha vazirlik va idoralar rahbarlarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Dushanbega yetib keldi. Bu haqda Tojikiston hukumati manbasi ma’lum qildi.

Hukumat delegatsiyasiga ertaga, 29 sentyabr kuni o‘tkaziladigan tojik-o‘zbek biznes forumida qatnashadi.

Bugun Tojikistonning tegishli vazirlik va idoralari O‘zbekiston hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ular davomida ikki davlat o‘rtasida chegaralarni ochish va 16 mart kuni koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi parvozlarni tiklash masalalari muhokama qilinadi. Tomonlar bugun ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyot, moliya, energetika, madaniyat, ta’lim, transport, savdo, sayyohlik, sanoat, fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini ham muhokama qiladilar.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbega ertaga, 29 sentyabr kuni keladi va koronavirus infeksiyasi boshlanganidan keyin Tojikistonga tashrif buyurgan birinchi xorijiy davlat Hukumati rahbari bo‘ladi. 

Aripov hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etishdan tashqari, tojik-o‘zbek biznes forumiga tashrif buyuradi. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, 1 oktyabrdan O‘zbekiston hududiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgandi.

1 oktyabrdan boshlab, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekistonga kirayotgan shaxslar koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tgan holda 14 kunga mehmonxona yoki uy karantiniga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing