O‘zbekiston va Tojikiston avtobus qatnovini to‘liq tiklamoqchi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

“Tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik holati haqidagi axborot bilan bo‘lishishdi. Ular, shuningdek, bu sohada imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishdi”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Shuningdek, tomonlar koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda to‘xtab qolgan avtobus qatnovlarini qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashgan. 

Bundan tashqari,"O‘zbekiston – Tojikiston – Xitoy" transport koridorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing