O‘zbekiston va Saudiya o‘yini vaqtida “Bunyodkor”ga mashina yaqinlashtirilmaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 19 iyun kuni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida U-23 Osiyo kubogining final bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentning Chilonzor tumanidagi qator ko‘chalar transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Final bahsi munosabati bilan quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 12:00 dan soat 00:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

•    Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi; 
•    Muqimiy  va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;  
•    Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, stadionga kiradigan muxlislardan o‘zlari bilan yonuvchan, kesuvchan, o‘tkir tig‘li buyumlarni, shuningdek yelim idishlardagi (baklajka) suvlarni olib kirmaslik so‘ralmoqda.

Avvalroq, Toshkentda harbiy musobaqa o‘tkazilishi munosabat bilan qator ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

564

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing