O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2025 yilgacha strategik sheriklik dasturi imzolandi
Jamiyat
−
28 aprel 2021
6720Kecha, 27 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi. Tashrif doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Buxoroda ikki mamlakat mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Bahodir Qurbonov tomonidan 2021-2025 yillarda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohadagi strategik sheriklik dasturi imzolangan.
Avvalroq Qurbonov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Shoygu bunday hujjat birinchi marta ishlab chiqilgani va u harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganinini ta’kidlagan.
Shuningdek, tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida bo‘lgan. Jumladan, mehmonlar dastlab “Sitorai Mohi xossa” majmuasini borib ko‘rgan. Shuningdek, mehmonlar Buxoroning markaziy maydonlaridan biri sanalgan, Ko‘kaldosh, Devonbegi madrasalari hamda Devonbegi honaqohi binolaridan tashkil topgan Labi Hovuz me’moriy ansamblini borib ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hech bir davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o‘zaro naf ko‘rish, teng huquqlilik hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini tan olish asosida quradi.
LiveBarchasi