O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni tiklamoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 iyunidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish tiklanadi. Bu haqda Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha operativ shtab qarorida aytilgan.

Tezkor shtab 14 iyundan boshlab Toshkent-Samara va Toshkent Volgograd yo‘nalishida temir yo‘l qatnovini tiklash haqida qaror qabul qilgan. Reyslar haftada bir marta amalga oshiriladi.

O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga temir yo‘l orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tezkor shtab yig‘ilishida Rossiyaga havo yo‘llari, shuningdek, dengiz o‘tkazish punktlari orqali kelayotgan xorijiy fuqarolarning kirishiga qo‘yilgan epidemiologik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 15 maydan boshlab Qozog‘iston bilan temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni tikladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing