O‘zbekiston va Qozog‘iston “Osiyo shengeni” vizasini joriy etishga tayyorligi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
19 may 2021
6507Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlarii yagona sayyohlik vizasi — Silk Road Visa’ni ishga tushirishga tayyor. Bu haqda kecha, 18 may kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi. Hukumat vakili qaysi mamlakatlar “Osiyo shengeni”ga qo‘shilishi mumkinligini ham oshkor qildi.
“Aniq sanani hozirda ishlayotgan ikki tomonlama komissiya belgilaydi. Biz barcha texnik muammolarni deyarli hal qildik, hal etish arafasidamiz. Faqatgina davlatning ichki tasdiqlash tartib-taomillaridan o‘tish kerak, xolos”, deydi Abduhakimov.
Turizm va sport vazirining so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun portal ishga tushiriladi, u yerda chet elliklar ariza qoldirishlari mumkin bo‘ladi. Murojaatga javob 48 soat ichida yetib keladi.
Bosh vazir o‘rinbosari boshqa mamlakatlar ham ushbu loyihaga qo‘shilishni xohlashlarini qo‘shimcha qildi.
“Qirg‘iziston juda faol qiziqish bildirmoqda, Ozarbayjon Respublikasi bilan ba’zi o‘zgarishlar mavjud, ehtimol Tojikiston, Mo‘g‘uliston, shuningdek, bir qator Kavkazorti Respublikalari ham ushbu loyihaga qo‘shilishi mumkin. Muzokaralar olib borilmoqda”. deydi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 may kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston “Osiyo shengeni”ni joriy etayotgani haqida xabar berilgandi.
Silk Road Visa nima?
Silk Road Visa — Buyuk ipak yo‘li mamlakatlari uchun Shengen vizasining muqobili bo‘lishi mumkin. Taklif etilayotgan mexanizm transmilliy turizm yo‘lidagi to‘siqlarni (turistlar qo‘shni davlatlar chegaralaridan o‘tishda viza, bojxona va chegara) yengib o‘tishga imkon beradi.
Hozirda qator davlatlardan kelgan chet elliklar kamida 2 ta davlat — Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun alohida viza olishlari kerak.
LiveBarchasi