O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘izistonga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi
Jamiyat
−
12 noyabr 2020
4075O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatmoqchi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti davomida so‘z borgan.
Muloqot chog‘ida Prezidentlar Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhokama qilib, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston Qirg‘iziston xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qilingan.
Tomonlar 10 noyabr kuni Rossiya raisligida o‘tkazilgan SHHT sammiti yakunlarini yuqori baholagan.
LiveBarchasi