O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

Olam

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha shartnoma loyihasi matnini ma’qulladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyulidan 5 avgustiga qadar Olma-Ota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma matnini hamda chegara demarkatsiyasi yakuniy hujjatlari loyihasi paketini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishgan.

Ushbu masala yuzasidan navbatdagi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Uning muddati diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made