O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yana bir maxfiy tonnel topildi
Olam
−
07 iyun 2022
16381Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida mamlakatni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yana bir maxfiy tonnel aniqladi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar bergan.
Qayd etilishicha, MXDQ xodimlari joriy yilning 4 iyun kuni O‘sh viloyatining Qora-Suv shahridagi turar-joy qo‘shimcha binosining beton qoplamasi ostidan tonnel topgan. Tonnelning chuqurligi 17,5 metr bo‘lib, unga kirish 1,8 metr, kengligi 70-80 santimetr. Umumiy uzunligi taxminan 155 metr.
Hozirda har ikki davlat huquq-tartibot idoralari ushbu tonnelni kim va nima uchun qazigani, undan kontrabanda yoki boshqa qonunbuzarliklar uchun foydalanilganiga aniqlik kiritish bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog‘ida mamlakatni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yerosti tonneli topilgandi.
LiveBarchasi