O‘zbekiston va Iroq o‘yinida maydonga tosh otgan 16 nafar tomoshabin qamaldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” stadionida o‘tkazilgan futbol musobaqasida tomoshabinlar tomonidan stadionga tosh otish holatlari kuzatilganligi, natijada bir nafar shaxs jarohatlanganligi hakidagi xabarlar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 11 iyun kuni soat 21:00 da Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadionida Osiyo kubogi o‘yinlari doirasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston – Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yini boshlangan.

O‘yinning 12 daqiqasida o‘yin hakami tomonidan O‘zbekiston terma jamoasining darvozaboniga qizil kartochka ko‘rsatilib 11 metrlik jarima to‘pi belgilanganda, muxlislar norozi bo‘lib, stadionga tashrif buyurgan ayrim tomoshabinlar plastmassa suv idishi va stakan, oyoq ostidagi beton parchalarini stadionga uloktirgan. Natijada stadionda fotomuxbir bo‘lib xizmat olib borayotgan fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan J.S. qorin bo‘shlig‘idan jarohat olgan. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uning ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli shu kuni shifoxonadan chiqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida jamoat tartibini buzgan 47 nafar shaxslar aniqlanib, ularning 6 nafari: 1998 yilda tug‘ilgan A.Faxriddin, 1991 yilda tug‘ilgan T.Sarvar, 1984 yilda tug‘ilgan B.To‘xtamurod, 2003 yilda tug‘ilgan J.Behzod, 2002 yilda tug‘ilgan V.Mehroj, 1998 yilda tug‘ilgan X.Abrorga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, 10 nafar fuqaro 10 sutka ma’muriy qamoq, 3 nafari jarima jazosiga tortilgan, 28 nafariga nisbatan surishtiruv davom etmoqda. Shuningdek, fuqaro J.S. unga narsa otgan shaxsga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib va ariza yozishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing