O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida charter reyslar qo‘yish rejalashtirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Gretsiya bilan charter reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Turizm va sport vazirligi mas’ullaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi 2-4 iyun kunlari xizmat safari bilan Gretsiyaning Afina shahrida bo‘ldi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Gretsiya turizm vaziri Xaris Teoxaris va vazir o‘rinbosari Sofia Zacharaki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda turizm sohasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ikki mamlakat o‘rtasida charter reyslarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti bilan o‘zaro tajriba, mutaxassislar va adabiyotlar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Afinaga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Gretsiya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Gretsiya sayyohlik va turistik agentliklar assotsiasiyasi, Gretsiya-Yevroosiyo Ittifoqi, Gretsiya mehmonxonalari kengashi, “Ayegean Airlines” aviakompanisi, “KAD 12 Sports Tips” kabi tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Gretsiya

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar