O‘zbekiston va Grenada diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jamiyat

image

Bugun, 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Grenada o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma Kommyunikeni imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Hujjatni imzolash Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan. 

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botir Asadov va Grenadaning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Firer imzolagan. 

Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi va Grenada ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro anglashuv, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida, BMT Nizomi tamoyillari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa amal qilgan holda 1961 yil 18 apreldagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, 1963 yil 24 apreldagi Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq va MBT Nizomida belgilangan tamoyillar asosida diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qilganlari qayd etiladi. 

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat elchilari tomonidan O‘zbekiston va Grenada o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda, jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari batafsil muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Grenada

Baholaganlar

6

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar