O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi maxfiy harbiy ma’lumotlar bo‘yicha bitim ma’qullandi
Jamiyat
−
18 may 2024 8691 1 daqiqa
Bugun, 18 may kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan AQSH Mudofaa vazirligi o‘rtasida maxfiy harbiy ma’lumotlarni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Bu bitim Vashingtonda 2023 yil 9 iyunda imzolangan.
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimovning aytishicha, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, mavjud harbiy tahdidlar – O‘zbekiston Respublikasi Qurollik kuchlarining rivojlangan davlatlar, jumladan, AQSH bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishini taqozo etmoqda.
Bitim loyihasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lib, muqaddima va 25 ta moddadan iborat. Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust