O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari chegarada muzokara o‘tkazdi
Jamiyat
−
25 may 2022
24179O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan bog‘lovchi Hayraton (“Do‘stlik”) ko‘prigida “Tolibon” harakati va O‘zbekiston chegara xizmati vakillari muzokara o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 25 may kuni “Sputnik” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Tolibon” tomonidan chegara qo‘shinlarining 6-brigadasi qo‘mondoni Gausuddin Rahbar, o‘zbek tomonidan esa polkovnik Xolnazarov ishtirok etgan.
“Chegaradagi muammolar va tushunmovchiliklarni birgalikda hal qilish jarayonida vazminlikni saqlash va muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi