O‘zbekiston un va go‘sht narxini Rossiya bilan maxsus poyezdlarni ishga tushirib, barqarorlashtirmoqchi

Jamiyat 22502
image

O‘zbekiston un va go‘sht narxlarini Rossiya bilan maxsus poyezdlarni ishga tushirish orqali barqarorlashtiradi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, “UzAgroLogistics Centers” agrologistika markazi, “RJD Logistika” AJ va “Rossiya eksport markazi” AJ Rossiya — O‘zbekiston logistika koridorini rivojlantirish hamda agrosanoat import va eksport yuklarini “Agroyekspress” tezyurar refrijeratorli (muzlatgichli) konteynerli poyezdlarida tashish borasida kelishuv imzolangan.

Bundan tashqari, noxomashyoviy noenergetik eksportni rivojlantirish, transport xizmatlari eksporti, shuningdek, boshqa hamroh ish va xizmatlarni taraqqiy ettirish sohasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

“Rossiya eksport markazi” bosh direktori Veronika Nikishinaning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga eksport tashuvlar hajmi besh foizga oshgan va deyarli 1 mlrd dollarni tashkil etadi. Loyihaning to‘laqonli ishga tushirilishi o‘zaro manfaatli marshrutlarni shakllantiradi va rossiyalik eksportchilarni kompleks logistika xizmati hamda Rossiya mahsulotlarini uzilishlarsiz O‘zbekistonga yetkazish kanali bilan ta’minlaydi.

Shuningdek xabarda ta’kidlanishicha, refrijeratorli konteynerli poyezdlar hatto tashish uchun eng nozik hisoblangan yuklarning ham butligini kafotlaydi.

Ta’kidlash joizki, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasining ko‘rsatkichi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 15 foizdan ko‘proq miqdorda o‘sgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondan Rossiyaga dastlabki sinov “Agroekspress”ni (qariyb 40 vagon) joriy yilning kuzida jo‘natish rejalashtirilgan. Xuddi shu temir yo‘l tarkibi Rossiyadan O‘zbekistonga qarama-qarshi import oqimini ta’minlab beradi.

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 833
Reyting: 3
t
×