O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 1 iyun kuni O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqaning dastlabki ikki uchrashuvidan birida Avstraliya yoshlari Kuvayt ustidan 2:0 hisobida g‘olib chiqdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Eron va Qatar mamlakati vakillari o‘rtasidagi to‘qnashuvda tomonlar 1:1 hisobida murosa ko‘chasini tanladi. 

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkmaniston vakillari bilan kuch sinashdi. Shuningdek, Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu ucharshuv oldidan Osiyo chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ammo ikkichi bo‘limda O‘zbekiston yoshlarining qator hujumlari o‘z samarasini beridi. 76-daqiqada Turkmaniston termasi darvozasi tomon belgilan penaltidan Ulug‘bek Hoshimov samarali foydalandi. Shu tariqa, o‘yinda hisob o‘zgarmay qoldi va O‘zbekiston yoshlari musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston U-23 — Turkmaniston U-23 1:0

Gol: Ulug‘bek Hoshimov  (76-daqiqa).

“Paxtakor” stadioni (Toshkent)

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 3. Doston Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojimat Erkinov, 10. Jasur Jaloliddinov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 13. Eldor Begimov, 16. Alibek Davronov, 17. Diyor Xolmatov, 20. Husayn Norchayev, 23. Abduraf Bo‘riyev.

Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 21. Hamidullo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 4. Abubakr Rizo Turdialiyev, 15. Odilbek Abdumajidov, 16. Shahzod Toirov, 6. Jaloliddin Sodiqov, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug‘bek Hoshimov v, 14. Abbosbek Fayzullayev, 19. Ruslanbek Jiyanov, 22. Alisher Odilov.

Turmaniston U-23: 22. Rasul Chariyev, 2. Ixlas Toyjanov, 6. Roman Galkin (4.Vepa Jumayev, 46), 7. Rahman Miratberdiyev, 8. Mirza Beknazarov, 9. Begenchmirat Miradov, 10. Meylis Diniyev, 11. Shamammet Hadyrov, 15. Dovran Berdiyev, 19. Arzuvguli Saparguliyev, 23. Velmirat Ballakov. 

Zaxira: 1. Botir Gayliyev, 3. Oraz Orazov, 5. Ruslan Tajiyev, 12. Ambyar Mahmudov 13. Arslan Saparov, 14. Teymur Chariyev, 16. Rustem Ahalliyev, 17. Dayanch Meredov, 18. Rovshen Bayliyev, 20. Xojanazar Gurbanov, 21. Begmurad Arbatov.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing