O‘zbekiston TURKPAga qo‘shilishga qaror qildi
Jamiyat
−
23 iyun 2021
16436O‘zbekiston turkiy tilli davlatlarning parlament assambleyasiga (TURKPA) qo‘shilishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safayev Toshkentda TURKPA delegatsiyasi bilan uchrashuvda aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.
Delegatsiya tarkibiga Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari kirgan. Tomonlar O‘zbekiston parlamenti va TURKPA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
TURKPA (2008 yilda tashkil etilgan) mamlakatlar parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan. Assambleya tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar faqat tavsiyaviy xarakterga ega.
Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston assambleya a’zolari hisoblanadi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar