O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston UNESCO'ga murojaat qildi
Madaniyat-san’at
−
05 fevral 2022 11692 2 daqiqa
Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Turonning mo‘’tadil cho‘llarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilotining (UNESCO) Jahon merosi ro‘yxatiga kiritishni taklif qildi. Bu haqda Markaziy Osiyo cho‘l tashabbusi loyihasi rahbari Shirin Karriyeva Turkmanistonning “Oltin asr” rasmiy portalida chop etilgan maqolasida ma’lum qilgan.
“2022 yil 28 yanvarda “Mo‘’tadil mintaqadagi Turon cho‘llari” transmilliy seriyali ob’ekti bo‘yicha hujjatlar to‘plami UNESCO’ning Butunjahon merosi markaziga taqdim etildi. Hujjat mintaqaning uch davlati: Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston nomidan tuzilgan va u ob’ektni UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritishni nazarda tutadi”, deya yozilgan maqolada.
Qayd etilishicha, hujjatlar to‘plami Mishel Zukkov nomidagi Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasining “Markaziy Osiyo cho‘l tashabbusi” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida tayyorlangan, Xalqaro iqlim tashabbusi tomonidan moliyalashtiriladi. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi hamkorlar, shuningdek, Grayfsvald universiteti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti submintaqaviy ofisi bilan birgalikda tayyorlangan.
O‘rta Osiyoning Turon cho‘llari o‘ziga xos iqlim sharoiti va turlarning xilma-xilligi bilan o‘ziga xosdir. Ular cho‘l relefining barcha shakllarini o‘z ichiga oladi. Ushbu cho‘llarning ekotizim funksiyalari mintaqa uchun juda muhimdir.
UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga Turkmanistonning uchta qadimiy shahri ham kiritilgan: Marv, Keneurgench va Niso.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr