O‘zbekiston Turkiya bilan Amir Temur haqida serial suratga oladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Turkiya hamkorlikda Amir Temur haqida serial suratga oladi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 9 avgust kuni Kinematografiya agentligida Turkiya Respublikasining “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 

Uchrashuvda agentlik rahbariyati, "Altınkesit” kinokompaniyasi direktori Mustafo Gunesh, ssenarist, rejissyor Ismail Gunesh, bosh maslahatchi Zebiniso Kamalova, kinokompaniya menejeri Mehmet Bulbul, kinokompaniya hamkori Mustafo Pekchay ishtirok etgan. 

O‘zbek va turk kinoijodkorlari ishtirokidagi uchrashuvda “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali haqida so‘z borgan. Suratga olinishi kutilayotgan “Sohibqiron Amir Temur” serialining ilk loyihasi taqdim etilgan. Shuningdek, uchrashuv davomida ikkala tomonning ham yangi kinoloyiha bo‘yicha fikrlari tinglanib, takliflar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Mendirman Jaloliddin” seriali ham turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing