O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi bo‘ldi

Bu qiziq

image

1000 nafar doimiy aholiga nisbatan hisoblangan tug‘ilish koeffitsiyenti bo‘yicha O‘zbekistonga 25,9 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita bu bo‘yicha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarda tahlil o‘tkazgan.

Xabarda yozilishicha, O‘zbekiston 2021 yildagi tug‘ilishlar soni bo‘yicha boshqa MDH davlatlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. 

Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (23,5 nafar), Armaniston (12,4 nafar), Qirg‘iziston (22,4 nafar), Ozarbayjon (11,2 nafar), Moldova (11,2 nafar) turibdi. 9,6 nafar chaqaloq  tug‘ilishi bilan esa Rossiya eng oxirgi o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 905,2 ming tug‘ilish qayd etilgan bo‘lib, shundan qiz bolalar – 436 727, o‘g‘il bolalar –  468 484 nafarni tashkil etgan.

Adiba Rahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

445

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing