O‘zbekiston Transport prokuraturasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2023
6644Adliya katta maslahatchisi Ikrom Shermatovich Narimov O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori lavozimiga tayinlandi. Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan.
Bunga qadar u 2018 yil noyabr oyidan buyon Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Ikrom Narimov 1971yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2013 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlab, keyinchalik ushbu tizimda turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan. 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining o‘rinbosari vazifasini bajargan.
LiveBarchasi