Komilov XXR delegatsiyasini qabul qildi
Jamiyat
−
02 mart 2020
4208Bugun, 2 mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy qo‘mita Siyosiy byurosi a’zosi va Markaziy qo‘mitaning tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro hurmat va ishonch ruhidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlashdi.
Shuningdek, "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida qo‘shma infratuzilma, ishlab chiqarish, madaniy, gumanitar va boshqa loyihalar hayotga tatbiq etishga tayyor ekanligi bildirib o‘tildi.
"Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, transport va aloqa masalalari bo‘yicha hamkorlik takliflari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida joriy yilda O‘zbekiston-Xitoy mintaqalar forumi va turli darajadagi boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, BMT, SHHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdi.
Muzokaralarda Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan ishtirok etdi", deyiladi xabarda.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi