O‘zbekiston TIV fuqarolarga xorijga chiqmaslikni tavsiya qildi

Olam

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq yo‘nalishida rejalashtirilgan ziyorat, tijorat, dam olish hamda boshqa turdagi xorijiy tashriflarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya qildi.

Vazirlikka ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi hamda ayrim davlatlar tomonidan havo hududidan foydalanishga joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab xalqaro aviaqatnovlar harakatida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu esa reyslarning bekor qilinishi yoki kechiktirilishi, tranzit yo‘nalishlarining yopilishi hamda boshqa tashkiliy muammolarga olib kelishi mumkin.

“Shu munosabat bilan fuqarolarga xavfsizlikni ta’minlash hamda o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yaqin Sharq yo‘nalishidagi ziyorat, tijorat, dam olish va boshqa xorijiy safarlarni vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha kechiktirib turish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga vaziyatga nisbatan ehtiyotkor va hushyor bo‘lish, gavjum joylarga bormaslik, mahalliy qonun-qoidalarga qat’iy rioya qilish hamda O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lib turish tavsiya qilingan.

Fuqarolardan xorijga safarlarni rejalashtirishda rasmiy manbalarda e’lon qilinayotgan yangiliklarni muntazam kuzatib borish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli qator aviaqatnovlar bekor qilingandi. Masalan, 2 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham ma’lum muddatga qoldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing