O‘zbekiston tez yordam xizmatida Damas’dan voz kechadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Damas avtomobilidan tez yordam mashinasi sifatida foydalanishni butunlay to‘xtatmoqchi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov “Shoshilinch va tez tibbiy yordam: kafolatli, ishonchli va sifatli xizmat” mavzusidagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda 2016 yilda atigi 800 ta “tez yordam” shoxobchalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1666 taga yetkazilgan. Tez tibbiy yordam brigadalari 2016 yilda jami 1648 tani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 2685 taga yetgan. O‘sha davrda (2016 yilda) Toshkent shahri tez yordam tarmog‘ida bor-yo‘g‘i 4 ta reanimobil bor edi. 

“Birgina o‘tgan 2020 yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasiga 150 dona Ford rusumli reanimatsion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalari xarid qilindi. Bugun esa Respublikaning tez tibbiy yordam xizmatida 435 ta reanimobil mavjud. Asta-sekin tez tibbiy yordamda Damas rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda”, deydi u.

Ma’lum qilinishicha, hozirda tez tibbiy yordamning kechikishlari 10–12 foizdan 1–2 foizgacha kamaygan. Chaqiriqlarga yetib borish vaqti o‘rtacha 25–30 daqiqa bo‘lgan bo‘lsa, hozir 8–12 daqiqani tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing