“O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi yo‘nalishlarda poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 fevral kunidan boshlab, “Andijon – Nukus – Andijon” yo‘nalishida 658/657-sonli, 2021 yilning 18 fevraldan boshlab, “Termiz – Xiva – Termiz” yo‘nalishida 684/683-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi boshlanadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan joriy yilda bir qator yo‘nalishlarda harakatlanadigan poyezdlarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritiladi:

14 fevraldan, 93-sonli “Andijon – Toshkent”;
17 fevraldan, 84/83-sonli “Toshkent – Termiz – Toshkent”;
19 fevraldan, 656-sonli “Andijon – Xiva”;
20 fevraldan, 6434-sonli “Urganch – Pitnak”;
21 fevraldan, 398-sonli “Andijon – Xiva”.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin ekani aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing