“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qozog‘iston korxonasidan 44,5 ming dollar undirdi

Jamiyat

image

Qozog‘istonning “KZ-Eksport 2018” korxonasidan hisobidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga 44 580 AQSH dollari miqdorida zarar undirib berildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uning a’zosi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ murojjati o‘rganib chiqilganda jamiyat va Qozog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi “KZ-Eksport 2018” korxonasi o‘rtasida yuk vagonlarini ijaraga berish shartnomasi imzolangani, Qozog‘iston korxonasi tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar kerakli darajada bajarilmagani, ya’ni yuk vagonlari o‘z vaqtida qaytarilmagani oqibatida jamiyatga moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan. 

Qozog‘iston korxonasi shartnoma shartlarini yetarli darajada bajarmagani oqibatida hisoblangan jarima mablag‘larini undirish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilingan.

Toshkent shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Palataning da’vo talablari qanoatlantirilib, Qozog‘iston korxonasi hisobidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ foydasiga 44 580 AQSH dollari miqdorida zarar undirib berilgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

607

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing