O‘zbekiston tarixida ilk bor oliy o‘quv yurti WFME xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi

Biznes

image

Bugungi kunda ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi tomonidan (WFME Prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.

Qo‘lga kiritilgan xalqaro akkreditatsiyaga ko‘ra, endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bituruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi. 

Akkreditatsion Kengashning xulosasiga muvofiq, Toshkent davlat stomatologiya instituti bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari  akkreditatsiyadan o‘tdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro akkreditatsiyasi – O‘zbekistondagi ta’lim dasturlarini xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta’lim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) a’zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyani qo‘lga kiritilishi, institut jamoasi uchun xalqaro ta’lim maydonida ko‘pgina imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta’lim dasturlarini dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, ta’lim jarayonlarining oshkoraligi va ochiqligi ta’minlash, bitiruvchilarning komptentligini oshirish.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ziyod yetakchi horijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, respublika oliy ta’lim muassasalari orasida Yevropa ittifoqida o‘z filialiga, xalqaro sifat menedjmenti ISO 9001:20.15 sertifikatiga hamda Finlyandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi “Tibbiyot va innovatsiyalar” ilmiy – amaliy jurnaliga ega.

Toshkent davlat stomatologiya instituti


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing