O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda qancha oltin sotdi?
Jamiyat
−
30 mart 2021
82912020 yilda O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 100 tonna nomonetar oltin sotgan. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi oltin savdosiga oid statistikani muntazam e’lon qilib keladi, birok ma’lumotlarda mikdor emas, qiymat keltiriladi. Markaziy bank sotilayotgan oltin hajmiga doir ma’lumotlarni ilk bor e’lon qilyapti.
Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2010 yilda 60 tonna, 2011 yil 70 tonna, 2012 yilda 10 tonna, 2013 yil 37 tonna, 2014 yilda 30 tonna, 2015 yilda 50 tonna, 2016 yilda 70 tonna, 2017 yilda 80 tonna, 2018 yilda 70 tonna, 2019 yilda 110 tonna va 2020 yilda 100 tonna oltin sotgan. Jami 10 yilda 687 tonna oltin sotilgan.
O‘tgan davr ichida narxlar ham sezilarli darajada o‘zgargan, masalan, 2012 yilda bir unsiya oltin 1668,9 dollar turgan bo‘lsa, 2015 yilda 1159,8 dollarni, 2020 yilda esa 1771 dollarni tashkil etgan.
O‘zbekiston so‘nggi bor 2020 yilning avgustida oltin eksport qilgan.
Markaziy bank oltin qimmat bo‘lganida (2000 dollarga qadar) faol sotgan. Sentyabrda, eksport to‘xtaganida qimmatbaho metall 1904 dollargacha arzonlashdi. Hozirda esa uning narxi bir unsiyasiga 1724 dollarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 1 mart holatiga ko‘ra 33,2 milliard dollarni tashkil etgan. Bir oy ichida ular 1,1 milliard dollarga qisqargan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi