O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshdan foydalanadi
Jamiyat
−
03 avgust 2019
4631Qishloq xo‘jaligi vazirligi, OneSoil, Boston Consulting Group kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlardan foydalanishga doir bitim imzolandi.
Mazkur bitim “Aqlli qishloq xo‘jaligi” Konsepsiyasi doirasida qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarni faol tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali O‘zbekistondagi yer maydonlari va ekinlarini ob’ektiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Loyiha bitta viloyat misolida pilot tarzda amalga oshirilib, bu borada dalalardagi ekinlarni multispektral diapazondagi yo‘ldosh suratlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
LiveBarchasi