O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga siyosiy boshpana berish masalasi parlament tomonidan muhokama qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik patatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, parlament quyi palatasi a’zolari "O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida"gi qonunni muhokama qilganlar. Qonun loyihasi bugun, 5 oktyabr kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingan. 

Unda O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomini, O‘zbekistonda bo‘lish, siyosiy boshpana berish tartibini, asosiy huquq va erkinliklari, O‘zbekistonga kirish-chiqish va tranzit o‘tishi, davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqa holatlarni aks ettirish nazarda tutilmoqda. 

Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Shaxsning O‘zbekiston Respublikasida berilgan siyosiy boshpanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan amalga oshiriladi. 

Siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi. 

Qonun loyihasini ishlab chiqishda "Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida" gi Xalqaro pakt, BMTning "Qochqinlar maqomi to‘g‘risida"gi Konvensiyasi," Diplomatik aloqalar to‘g‘risida"gi Vena konvensiyasi qoidalari hisobga olingan. 

Qonun loyihasi Qonunchlik palatasida uchta o‘qishda ko‘rilib, qabul qilingan taqdirda Senatga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

siyosiy boshpana

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar