O‘zbekiston “Savat” assotsiatsiyasi tuzildi
Sport
−
20 Oktabr 2019
4001Adliya vazirligi O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” assotsiatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi Assotsiatsiya a’zolari, O‘zbekistonda fransuz boksi bilan shug‘ullanadigan havaskor va professional sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, ekspertlar va veteranlarning huquqlari hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatishdan iborat.
Fransuz boksi “Savat” sport turi 300 yildan ko‘proq tarixga ega hisoblanadi. Fransuz boksi “Savat“ sport turi 1924 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo‘lgan va u hozirgi kunda Fransiyaning davlat merosi hisoblanadi.
LiveBarchasi