O‘zbekiston Rossiyaning pomidor va qalampir eksportiga qo‘ygan taqiqini bekor qilishga erishmoqchi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiya Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan pomidor va qalampirni mamlakat hududiga kiritishni taqiqlagani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur taqiqlov yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va O‘zbekistonning RFdagi elchixonasi bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxoznadzor) bilan mazkur masala bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda.

Rossiya tomoniga ko‘ra, Farg‘ona viloyatidan tomatlarning alohida partiyasida tomat mevasining jigarrang tirishiqi virusi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV) aniqlanganligi sababli cheklovlar joriy etilgan.

Shu bilan birga, ToBRFV o‘simliklar virusining yangi shtammi bo‘lgani uchun O‘zbekiston hududida ilgari aniqlanmagan. YeOII mamlakatlarida ham ushbu virusga nisbatan taqiq mavjud emas – Yevrosiyo Iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2016 yil 30 noyabrdagi №158-sonli Qarori bilan tasdiqlangan karantin ob’ektlarining yagona ro‘yxatiga ToBRFV kiritilmagan.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda shu kabi viruslar paydo bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tezkor ravishda chora-tadbirlar Kompleksi ishlab chiqilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Rosselxoznadzor tomonidan joriy etilgan taqiqlar O‘zbekistonning barcha ishlab chiqaruvchilariga nisbatan qo‘llanilmaydi va faqat Farg‘ona viloyatidan keltirilgan mahsulotlarga tegishlidir.

Rossiya tomoni bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda. Taqiqlarni yaqin vaqtlarda bekor qilish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made